Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasida 380 ta ish oʻrni taqdim etildi
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Pop tumanida oʻtkazilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasiga tashrif buyurdi. Yarmarkada 380 ta ish oʻrni taqdim etildi.
12-noyabr, 16:36По-русски

Yarmarka tuman bandlik boʻlimi va soliq inspeksiyasi tomonidan «Paxtakor» mahallasidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Pop jamoat salomatligi texnikumi binosida tashkil etildi.
Tadbirda yoshlarni ishga joylashtirish, boʻsh ish oʻrinlarini toʻldirish va tadbirkorlar bilan hamkorlik qilishga alohida eʼtibor qaratildi. Tashrif yakunida hokim masʼul rahbarlarga bunday yarmarkalar samaradorligini oshirish, ishsizlarga ish topishda koʻmaklashish hamda aholi bandligi koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha topshiriq berdi.





