Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

Oʻzbekistonda davlat OTM rektorlarining lavozimiga munosibligi tekshiriladi

Taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat oliy taʼlim muassasalari rahbarlari faoliyatini baholaydigan ishchi guruh tuzadi. Bu qaror 6 noyabr kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda qabul qilindi.

9-noyabr, 15:49По-русски

Read in English

Bunga oliy taʼlimdagi muammolar sabab boʻldi. 2026 yilda davlat OTMlarini tamomlaganlardan 13,8 ming nafari hanuz ish topmagan. Tekshirilgan 29,7 mingta darslikning 5,5 mingi 20 yildan oldin nashr etilgan, ayrim fanlar boʻyicha esa umuman darsliklar yoʻq. Talabalar yotoqxonalari qurilishi jadvaldan ortda qolmoqda, ijaraga olingan xonadonlarda yashayotgan talabalar sharoiti esa deyarli nazorat qilinmaydi.

15 kun ichida rektorlar talabalar va oʻqituvchilar bilan shaxsan uchrashib, ularning shikoyatlarini tinglashi, shundan soʻng bir oy, chorak va yil uchun ish rejalarini tuzishi kerak.

Vazirlik ommaviy ishdan boʻshatishlar haqida eʼlon qilgani yoʻq. Ayrim OTMlar rahbarlari tekshiriladi, biroq aynan qaysi rahbarlar ekani hozircha maʼlum qilinmagan.

Avvalroq mamlakatda bitiruvchilar sifatini baholash indeksi tasdiqlangan edi. Unga koʻra, OTMlar sobiq talabalari ish topayotgani va qancha daromad olayotiga qarab baholanadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media