Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Brent nefti barreli $95,33 gacha qimmatlashdi

26 noyabr kuni ertalab Brentning yanvar fyucherslari barreli $95,33 ga yetib, 0,76 foizga oʻsdi. Oʻsish Yaqin Sharqdagi taranglik xavotirlari bilan bogʻlanmoqda.

27-noyabr, 18:17По-русски

Read in English

airpress.kz

ICE Futuresʼda Brent kotirovkalari oldingi yopilish darajasiga nisbatan $0,72 ga koʻtarildi. WTI fyucherslari ham qimmatlab, barreli $84,42 ga yetdi.

Bir kun avval hutiylar Saudiya Arabistonidagi «Ras-Tanura» neftni qayta ishlash zavodi va Ar-Riyodning biznes kvartaliga zarbalar berilganini maʼlum qildi. Eron OAVlari Hormuz boʻgʻozi hududida konteyner tashuvchi kemaga hujum qilinganini xabar qildi, Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi esa avvalroq uchta tanker minalarda portlatilganini bildirgan edi.

ANZ tahlilchisi Daniel Hinesning baholashicha, mojaroning yanada kengayishi neft oqimlarining tiklanishiga putur yetkazishi mumkin. Shu bilan birga, AQSh Energetika vazirligi mamlakatdagi neft zaxiralari oʻtgan hafta davomida 1,11 mln barrelga oshganini maʼlum qildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media