Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

FIFA tashkilot rahbari lavozimiga uch nomzodni eʼlon qildi

FIFA Filipp Diallo, Kodzo Tasima va Janni Infantinoni prezidentlikka nomzod deb eʼlon qildi. Ularning saylovga qoʻyilishini Saylov qoʻmitasi hali tekshirishi kerak.

19-noyabr, 19:19По-русски

Read in English

FIFA prezidentligi saylovida Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Filipp Diallo, Yaponiya futbol assotsiatsiyasining sobiq rahbari Kodzo Tasima va tashkilotning amaldagi rahbari Janni Infantino qatnashishi mumkin. Tasima 2015-yil aprelidan FIFA Kengashi aʼzosi, Infantino esa 2016-yildan beri federatsiyaga rahbarlik qiladi.

Nomzodlar haqidagi maʼlumotlar FIFA Saylov qoʻmitasiga topshirildi. Qoʻmita hujjatlarni tekshirishi va ularni saylovga qoʻyish haqida qaror qabul qilishi kerak. Nomzodlarning yakuniy roʻyxati aʼzo assotsiatsiyalarga 2027-yil 18-fevraldan kechiktirmay yuboriladi.

Yangi prezident 2027-yil 18-mart kuni Marokashning Rabot shahrida boʻlib oʻtadigan FIFAning 77-kongressida saylanadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media