Forbes: GTA 6 relizi internet haddan tashqari yuklangan paytda unga qoʻshimcha bosim beradi
Ayrim provayderlar tarmoqning sekinlashishini hajmi 212 GB boʻlgan GTA 6’ni oldindan yuklab olish bilan bogʻladi. 19 noyabrdagi reliz oldidan oʻyin yaqinda yuz bergan servislar bilan bogʻliq muammolar fonida yangi uzilishlarga sabab boʻlishi mumkin.

Rockstar oʻyinni 10 noyabrda oldindan yuklab olish imkoniyatini ochdi. Shundan soʻng ayrim provayderlar trafikning misli koʻrilmagan darajadagi choʻqqilarini qayd etdi. Ularning baholashicha, yuklama nafaqat oʻyinchilarga, balki boshqa mijozlarga ham taʼsir koʻrsatgan.
Studiya Rockstar, PlayStation va Xbox serverlarida bir vaqtning oʻzida ortiqcha yuklama yuzaga kelishi xavfini kamaytirish uchun bir nechta yangilanishni bosqichma-bosqich chiqardi. Internet-provayderlardan biri esa aynan GTA 6 uchun yuklab olish tezligini oshirishini eʼlon qildi. Oʻyinning jismoniy nusxalariga ega boʻlganlar ham uni Rockstar serverlaridan yuklab olishiga toʻgʻri keladi.
Bu fonda noyabr oyining boshida boshqa raqamli servislar faoliyatida ham muammolar yuzaga kelgan edi. Tarmoq uskunalaridagi nosozliklar sabab aviaqatnovlar toʻxtab qoldi, Microsoft mahsulotlaridan qariyb bir sutka davomida foydalanib boʻlmadi, Chase mijozlari va Zelle foydalanuvchilari esa oʻz akkauntlariga kira olmadi. Keyinroq iCloud, AppleCare, App Store va Apple Music servislarida ham uzilishlar boʻlgani haqida xabar berildi. Bu hodisalarning sabablari bir-biridan farq qiladi, kiberhujumlar boʻlganini tasdiqlovchi maʼlumotlar esa yoʻq.
Infratuzilma kompaniyasining bosh direktori Kris Bivers yaqin oylar ichida hayotiy muhim tarmoqlardagi uzilishlar yanada sezilarli boʻlishi mumkin, deb hisoblaydi: eskirgan va yangilanayotgan tizimlarga tushayotgan yuklama tobora ortib bormoqda.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52


