Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Oʻzbekneftgaz benzin narxi oshishini izohladi

Oʻzbekneftgaz benzin qimmatlashishini sovuq oldidan gazdagi ehtimoliy uzilishlar sabab AYOQShlar zaxira toʻplayotgani bilan izohladi. Metan AYOQShlar yopilishi haqidagi mish-mishlar tasdiqlanmadi.

23-noyabr, 14:11По-русски

Read in English

Hozir kompaniya birjada sutkasiga 4,6 ming tonna benzin taklif qilmoqda. Talab yanada oshsa, sotuv hajmini avval 8 ming tonnagacha, keyin esa sutkasiga 10 ming tonnagacha oshirishga tayyor.

Avval narx oshishi jahon neft narxlari bilan izohlangan edi. Endi kompaniya qimmatlashuvni avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari gaz yetkazib berishda ehtimoliy muammolarni kutib, sovuq tushishidan oldin benzin zaxirasini shakllantirayotgani bilan bogʻladi. Xususiy importchilar ham iyun oyidan beri ancha kam yonilgʻi olib kirmoqda.

Sovuq sabab metan zapravkalarining ishlashi cheklanishi mumkin. Shu bilan birga, bunday obyektlar tez orada toʻliq yopilishi haqidagi xabarlarni kompaniya tasdiqlanmagan deb atadi. Oʻtgan qishda ularning faoliyati allaqachon toʻxtatilgan edi.

19 noyabr kuni AI-92 markali K2-L benzinining bir tonnasi birjada 15,25 mln soʻm turdi. Qish mavsumiga Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va neft bazalarida 102 ming tonna benzin tayyorlandi. Kompaniya bu zaxira ikki oyga yetadi, deb hisoblaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media