Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

Fazliddin Rafikov oʻz yurtida oʻtkazilgan jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi

Dzyudochi Fazliddin Rafikov Toshkentda oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston terma jamoasi turnirni jamoaviy hisobda beshinchi oʻrinda yakunladi.

23-noyabr, 19:12По-русски

Read in English

ijf.org

Shaxsiy bahslarning soʻnggi kunida Rafikov 100 kilogrammdan yuqori vazn toifasida ishtirok etdi. Uchinchi oʻrin uchun bahsda u Turkiya vakili Mahmutjan Maden bilan uchrashdi: bir daqiqadan soʻng hisobni ochdi, yana 30 soniya oʻtib esa samarali oyoq usulidan keyin ippon bilan bellashuvni yakunladi.

Uyda oʻtkazilgan turnir arafasida oʻzbekistonlik dzyudochi oʻz vazn toifasida yoshlar oʻrtasidagi jahon reytingida birinchi oʻrinda edi. Shaxsiy bahslar 19–21 noyabr kunlari boʻlib oʻtdi.

Bu medal Oʻzbekiston terma jamoasi uchun uchinchi medal boʻldi: jamoa hisobida bittadan oltin, kumush va bronza medal bor. Jamoaviy hisobda toʻrtta oltin, ikkita kumush va toʻrtta bronza medal bilan Rossiya yetakchilik qildi. Keyingi oʻrinlarni Turkiya, Fransiya va Yaponiya egalladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media