Eron bilan urush Britaniyada energiya toʻlovlarini 4 yillik maksimumga yetkazishi mumkin
Cornwall Insight 2027-yil yanvar–martida Britaniyada energiya toʻlovlari 26 foiz oshib, odatiy isteʼmolchi uchun £2 166 ga yetishini kutmoqda. Sabab sifatida qimmat gaz koʻrsatilmoqda.

Cornwall Insight konsalting kompaniyasi bu prognozni 2027-yilning birinchi choragi uchun tarifning yakuniy yuqori chegarasi hisob-kitobiga kiritdi. Amaldagi darajaga nisbatan odatiy xonadon uchun yillik limit £443 ga oshishi mumkin.
Buyuk Britaniyada bu limit yetkazib beruvchilar maishiy isteʼmolchilardan har kilovatt-soat energiya uchun undirishga haqli boʻlgan maksimal narxni belgilaydi. Regulyator Ofgem oktabr–dekabr davri uchun limitni 4 foizga oshirdi. Uning baholashicha, bunga Yaqin Sharqdagi mojaro bilan bogʻliq ulgurji gaz narxlarining oʻsishi sabab boʻlgan. Hozir toʻlovlar uch yildagi eng yuqori darajada.
Tahlilchilar tabiiy gaz qimmatlashishi fonida 2027-yil yanvar–martida toʻlovlar 25–30 foizga oshishini kutmoqda. Cornwall Insight oʻsish energiya isteʼmoli koʻpayadigan sovuq yanvarga toʻgʻri kelishidan, xonadonlar esa allaqachon yashash xarajatlari inqiroziga duch kelayotganidan ogohlantirdi. Kompaniya vakili Kreyg Lourining aytishicha, bu vaziyat Buyuk Britaniyadan tashqaridagi voqealar uning aholisi toʻlovlariga qanday taʼsir qilishini koʻrsatmoqda.





