Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Toshkentda energetika obyektlarini raqamli boshqarish boʻyicha zamonaviy markaz ishga tushirildi

Toshkent issiqlik markazida poytaxtdagi toʻqqizta issiqlik markazi uskunalarining ishlashini real vaqt rejimida kuzatib boradigan raqamli markaz ishga tushirildi.

23-noyabr, 14:29По-русски

Read in English

gov.uz

Yangi markazda «raqamli egizak» texnologiyasi joriy etildi. U yagona tizim orqali qozonlarning holati, gorelkalarning ishlashi va uskunalarning texnik koʻrsatkichlarini kuzatish imkonini beradi.

Tizim nosozliklarni ham qayd etadi, zaxira baklaridagi suv sathini nazorat qiladi va ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilishga yordam beradi. Kelgusida bu yerda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklarni erta aniqlash va ular haqida avtomatik ogohlantirishlar berish uchun sunʼiy intellektni joriy etish rejalashtirilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media