Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Timoti Shalame «fenomenal rejissyor» bilan yangi loyihasi orqali muxlislarni qiziqtirdi

Aktyor «fenomenal rejissyor» bilan boʻlajak loyihasi haqida maʼlum qildi, biroq rejissyor nomini aytmadi. Filmning nomi, syujeti va chiqish sanasi hozircha nomaʼlum.

18-noyabr, 17:58По-русски

Read in English

peopletalk.ru

Timoti Shalame Vanity Fair nashriga bergan intervyusida tafsilotlari hozircha oshkor etilmayotgan tayyorlanayotgan kino loyihasi haqida gapirdi. Aktyorning soʻzlariga koʻra, bu rejissyor bilan hamkorlik shu qadar tabiiy koʻrinadiki, rejissyorning ismi eʼlon qilingach, tomoshabinlar uning tanlovini tushunadi.

Shalame suratga olish ishlariga kim rahbarlik qilishini, shuningdek, filmning nomi, syujeti va chiqish muddatini aytmadi. Muxlislar allaqachon rejissyor kim boʻlishini taxmin qilishga urinmoqda va film ilmiy fantastika yoki triller janri bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligini faraz qilmoqda.

Avvalroq aktyor Deni Vilnyov bilan «Dyuna» filmida, Greta Gervig bilan «Ledi Berd» va «Kichik ayollar» filmlarida, Luka Guadagnino bilan «Meni isming bilan atagin» kartinasida, shuningdek, Kristofer Nolan bilan «Interstellar» filmida ishlagan. 18-dekabrda «Dyuna»ning uchinchi qismi chiqadi, unda Shalame yana Pol Atreydes rolini ijro etadi. Film Vilnyov trilogiyasining yakuniy qismi boʻladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media