Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

Rezet xakerlari Oʻzbekiston va MDH tashkilotlariga hujum qildi

Rezet guruhi Oʻzbekistondagi va MDHning boshqa mamlakatlaridagi kompaniyalarga fishing xatlari yuborib, hujumlarni AI yordamida avtomatlashtirishga urindi. Bir joʻnatmada 4 800 dan ortiq qabul qiluvchi bor edi.

17-noyabr, 19:28По-русски

Read in English

2026 yil kuzida Rezet toʻlov hujjatlari, shartnomalar va boshqa ish fayllari niqobidagi zararli biriktirmalar bilan yangi xat tarqatmalarini uyushtirdi. Nishonga Belarus, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Rossiyadagi sanoat, moliya, logistika hamda boshqa sohalar tashkilotlari olindi. F6 mijozlariga yuborilgan xatlarni korporativ pochta himoyasi tizimi blokladi.

F6 tadqiqotchilari AnyDoor boshqaruv panelini aniqladi. U fayl-oʻljalar yaratish, ommaviy xat tarqatish va zararlangan qurilmalarga kirish imkonini beradi. Kod hamda vosita mantiqidagi xatolar neyron tarmoqlardan foydalanilgan boʻlishi mumkinligiga ishora qiladi, biroq mutaxassislar butun tizim sunʼiy intellekt yordamida yaratilganini taʼkidlamaydi.

Panel bazasida 7 000 dan ortiq qabul qiluvchi aniqlandi, ularning qariyb 85 foizi .ru domenlaridan foydalangan. Qolgan qabul qiluvchilar orasida Oʻzbekiston, Belarus va Qozogʻiston tashkilotlari bor edi. Alohida tarqatmalar yana bir necha mintaqadagi kompaniyalarga ham tegdi, aniqlangan domenlar esa 25 ta milliy zonaga tegishli edi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media