Taunsend va Sinyakova WTA yakuniy turnirida juftlik bahslarida gʻolib boʻldi
Amerikalik Teylor Taunsend va Chexiya vakili Katerjina Sinyakova 2026 yilgi WTA yakuniy turnirining juftlik bahslarida chempion boʻldi. Finalda ular italiyalik Sara Errani va Jasmin Paolinini 6:4, 6:3 hisobida magʻlub etdi.

Uchrashuv 1 soat 46 daqiqa davom etdi. Gʻoliblar ikki eys qayd etdi, uchta qoʻshaloq xatoga yoʻl qoʻydi va sakkizta breyk-poyntdan toʻrttasidan foydalandi. Italiyalik tennischilar esa birorta ham eys qayd etmadi, bitta qoʻshaloq xatoga yoʻl qoʻydi va toʻrtta breyk-poyntdan ikkitasidan foydalandi.
Taunsend va Sinyakova juftlik sifatida WTA yakuniy turnirida ilk bor gʻalaba qozondi. 2024 yilda ular finalda oʻynagan, biroq oʻshanda ikkinchi oʻrin bilan kifoyalangan. Bir yil avval esa kubokni rossiyalik Veronika Kudermetova va belgiyalik Elize Mertens qoʻlga kiritgan.





