The Motley Fool fikricha, bozor qulaganda Nvidia eng asosiy xaridga aylanishi mumkin
Material muallifi Nvidia aksiyasi bozor qulaganidan keyin boshqalarga qaraganda tezroq tiklanadi, deb hisoblaydi. U bunga sunʼiy intellekt chiplari talabi va kompaniyaning moliyaviy resurslarini dalil qilib keltiradi.

S&P 500 indeksining kapitallashuvida qariyb 10 foiz bevosita sunʼiy intellektni rivojlantirish bilan bogʻliq, yana 40–50 foiz esa bilvosita ushbu sohaga bogʻliq. Shu sababli bozor pasayganida, The Motley Fool muallifining fikricha, sunʼiy intellektga oid aksiyalar katta ehtimol bilan birinchi boʻlib arzonlashadi. Biroq uning qarashicha, bunday ssenariyda Nvidia eng yaxshi xaridga aylanadi.
Hozir kompaniyaning tushumi va foydasi yiliga taxminan 100 foizga oʻsmoqda, yaqin yillarda esa yillik oʻsish 50–100 foizni tashkil etishi mumkin. Shu bilan birga, bosh direktorning keskin almashishi, tartibga solish bilan bogʻliq xatarlar va aylanma moliyalashtirish haqidagi ayblovlar sabab Nvidiaʼning P/E koʻrsatkichi 16,2 gacha, forvard P/E koʻrsatkichi esa 9,6 gacha tushdi.
Oʻtgan chorakda kompaniya 43 mlrd dollar erkin pul oqimi yaratdi. Aksiyalarni qayta sotib olish dasturi doirasida uning ixtiyorida yana 227 mlrd dollar qolgan. Inqiroz sharoitida bu Nvidiaʼga aksiyalarni chegirma bilan qayta sotib olish, tadqiqot va ishlanmalarga investitsiyalarni koʻpaytirish hamda raqiblarni sotib olish imkonini beradi.
Muallif McKinsey tadqiqotiga tayanadi: moliyaviy ahvoli mustahkam kompaniyalar tanazzuldan ancha kuchliroq chiqadi. BlackRock esa sunʼiy intellekt hisoblash quvvatiga talab eksponensial ravishda oshayotganini va hozircha sekinlashuv alomatlari yoʻqligini qayd etadi.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52


