Oʻzbekistonda ChatGPT, Claude va boshqa sunʼiy intellekt xizmatlariga yangi alifboga oʻtish soʻraladi
Loyihada yangi alifboni raqamli xizmatlar va mahsulotlar qadoqlarida ham joriy etish koʻzda tutilgan.

Bu chora yangilangan alifboni joriy etish toʻgʻrisidagi qaror loyihasiga kiritilgan.
2026–2027-yillarda OpenAI, Google, Anthropic, xAI, DeepSeek, Meta va boshqa ishlab chiquvchilarga rasmiy murojaatlar yuboriladi. Ularga amaliy yordam ham taklif qilinadi. Bu yoʻnalish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi, Taʼlim va fan vazirligi hamda Fanlar akademiyasi masʼul.
Qonun kuchga kirgach, yangi alifbo marketplaceʼlar, striming xizmatlari va elektron kataloglar uchun majburiy boʻladi. Bank, soliq va bojxona tizimlaridagi dasturiy taʼminot hamda bankomat interfeyslari esa bundan oldin yangilanadi.
2027-yil 22-apreldan 2028-yil 22-aprelgacha mahsulot qadoqlarida ikkala alifbodan ham foydalanish mumkin boʻladi. Shundan keyin yangi buyurtmalar boʻyicha qadoqlar faqat yangilangan alifboda chop etiladi. Eski zaxiralarni 2029-yil 22-aprelgacha ishlatishga ruxsat beriladi. Eski markirovkaga ega mahsulotlarni yaroqlilik muddati tugaguncha sotish mumkin.
2027/2028-oʻquv yilidan boshlab birinchi sinf oʻquvchilari yangi alifbo asosida taʼlim ola boshlaydi. Hujjatlar almashtirilganda ular yangi qoidalar asosida rasmiylashtiriladi.
Loyiha 6-dekabrgacha muhokama qilinadi.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52


