Bred Pitt va Anjelina Joli ayrilganidan 10 yil oʻtib nizoni hal qildi
Bred Pitt va Anjelina Joli Château Miraval boʻyicha nizoni suddan tashqari tartibda hal qildi. Ularning vakillari qaror oila manfaatlarini koʻzlab qabul qilinganini aytdi, biroq kelishuv tafsilotlarini oshkor qilmadi, deb yozadi Hello! Magazine.

Nizo Joli Fransiyadagi vinochilik xoʻjaligidagi oʻz ulushini Tenute del Mondo kompaniyasiga, Stoli Group kompaniyasiga sotganidan keyin yuzaga kelgan. Pitt 2022 yilda sudga murojaat qilib, sobiq er-xotin bir-birining roziligisiz oʻz ulushlarini sotmaslikka kelishib olganini bildirdi. Joli esa uning roziligini olish zarurligiga eʼtiroz bildirdi.
Juftlik 2008 yilda Fransiyaning janubida joylashgan, maydoni 1 200 akr boʻlgan mulkni sotib olgan. 2014 yil avgustida ularning toʻyi shu yerda boʻlib oʻtgan. Kelishuv tuzilgach, Pitt va Jolining bir-biriga nisbatan daʼvolari hal qilindi, biroq Pittning biznesmen Yuriy Shefler va uning kompaniyasiga qarshi alohida daʼvosi davom etmoqda.
Sud jarayoni davomida Joli advokatlari uning ulushini Pittga sotish boʻyicha muzokaralar maxfiylik toʻgʻrisidagi kelishuv loyihasi sabab barbod boʻlganini taʼkidladi. Ularning soʻzlariga koʻra, hujjat Jolining zoʻravonlik haqidagi ayblovlar toʻgʻrisida jamoatchilik oldida gapirish imkoniyatini cheklashi mumkin edi. Joli, shuningdek, Pitt 2016 yil sentabrida shaxsiy parvoz vaqtida unga va farzandlariga nisbatan jismoniy hamda ogʻzaki zoʻravonlik qilganini aytdi. Pitt bu ayblovlarni rad etdi. Rasmiylar hodisani tergov qildi, biroq unga qarshi jinoiy ayblovlar qoʻyilmadi. Juftlikning ajrashuvi 2024 yil dekabrida rasmiylashtirildi, vinochilik xoʻjaligi boʻyicha nizo esa alohida davom etdi.
Yana oʻqing

Jon Lennon 1968-yilgi avval eʼlon qilinmagan The Beatles suratlarida saksofon chalmoqda
Madaniyat09:53
Don Toliver Manchesterda yuz bergan hodisadan keyin Londondagi ikki konsertini boshqa sanalarga koʻchirdi
Madaniyat26-noyabr, 12:35


