Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Prezident turizm va qurilish sanoati uchun yangi vazifalarni belgiladi

Parkent tumanida investorlar va tadbirkorlar bilan uchrashuvda prezident Shavkat Mirziyoyev turizmni rivojlantirish va qurilish materiallari ishlab chiqarish, jumladan, mahalliy korxonalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalarni belgiladi.

20-noyabr, 18:03По-русски

Read in English

Kumushkonda mahalliy loyihachilar va quruvchilar 47 gektar maydonda «Oltin bel» turistik majmuasini barpo etdi. Majmua mehmonxonalar, restoranlar, shalelar, akvapark va amfiteatrni oʻz ichiga oladi, bir vaqtning oʻzida 6 ming kishini qabul qila oladi hamda 600 ta ish oʻrni yaratadi. Ushbu tajriba asosida Nanay, Xonobod, Chimyonsoy, Muzbuloq, Urgut, Ellikqalʼa va boshqa hududlarda shunday loyihalarni rivojlantirish taklif qilindi.

Mirziyoyev qurilish materiallarining sifati va raqobatbardoshligini oshirish, ularning eksportini kengaytirish hamda yirik loyihalarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari bilan taʼminlashni topshirdi. Atom elektr stansiyasi qurilishiga mahsulot yetkazib berish uchun Jizzax viloyatida maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Kelasi yildan budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan qurilishlarda, avvalo, mahalliy ishlab chiqaruvchilar materiallaridan foydalanish talab etiladi. Yangi Toshkent developerlariga oʻn kun ichida 200 mln dollarlik imtiyozli kredit liniyasi ochiladi — mablagʻlarni faqat shu mahsulotlarni xarid qilishga yoʻnaltirishga ruxsat beriladi. Toshkent, Fargʻona va Samarqandda materiallar sifatini tekshiradigan laboratoriyalar ham tashkil etiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media