«Sakramento» «Leykers» va «Mayami»ning sobiq himoyachisi bilan shartnoma imzolashga yaqin — Charaniya
«Sakramento Kingz» Geyb Vinsent bilan shartnoma tuzishga deyarli kelishib oldi. 30 yoshli amerikalik himoyachi hozir erkin agent hisoblanadi. Bu haqda ESPN insayderi Shams Charaniya X ijtimoiy tarmogʻida yozdi.

Uning maʼlumotlariga koʻra, Vinsent «Kingz» tarkibidagi soʻnggi, 15-oʻrinni egallaydi. Klub undan yangi futbolchi Darius Eykaff Jr.ning pleymeykerlik pozitsiyasidagi zaxira oʻyinchisi sifatida foydalanmoqchi.
«Sakramento»ga himoyachi Ben Simmons mavsumoldi yigʻinlaridayoq Axilles payini uzib olganidan keyin kerak boʻldi.
Vinsent oʻtgan mavsumni «Los-Anjeles Leykers» va «Atlanta Xouks» safida oʻtkazdi. U 53 ta oʻyinda maydonga tushib, parketda oʻrtacha 16,6 daqiqa boʻlgan va 4,4 ochko toʻplagan. 2023 yilda u «Mayami Hit» safida NBA finaligacha yetib bordi.





