Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

«Oʻzmetkombinat» Polshaning Energo-PLUS kompaniyasi bilan energetika loyihalarini koʻrib chiqdi

«Oʻzmetkombinat» Polshaning Energo-PLUS kompaniyasi bilan energetika va sanoatni avtomatlashtirish sohalaridagi hamkorlik masalalari boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi.

23-noyabr, 12:04По-русски

Read in English

Uchrashuvda kombinatning energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Polsha tomoni oʻzining texnologik yechimlari va amalga oshirilgan loyihalarini taqdim etdi. Ishtirokchilar elektr podstansiyalarini raqamlashtirish, gidroenergetikani rivojlantirish, kimyoviy suv tozalash tizimlarini yangilash va korxonaning energiya xoʻjaligini avtomatlashtirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, kombinat quvvatlarining bir qismini qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oʻtkazish, kichik GESlar va koʻmir yoqilgʻisida ishlaydigan issiqlik elektr stansiyasini qurish masalalari alohida koʻrib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ishning ustuvor yoʻnalishlarini belgiladilar: energetika infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va kombinatning energiya samaradorligini oshirish.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media