Jey Di Vens 2028-yilgi prezidentlik saylovida qatnashish-qatnashmasligini kelasi yil hal qiladi
AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens kelasi yil 2028-yilda prezidentlikka nomzodini qoʻyish-qoʻymasligini hal qilishini aytdi. Hozircha u qaror qilmagan.

AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens bu haqda dushanba kuni eʼlon qilingan Fox News boshlovchisi Laura Ingram bilan intervyusida maʼlum qildi. Uning tushuntirishicha, prezidentlik kampaniyasi tashkiliy infratuzilmani oldindan yaratish va mablagʻ yigʻishni boshlashni talab qiladi. Shu sababli Ayova kokuslariga bir oy qolganda nomzodini eʼlon qilib boʻlmaydi.
Vens hozircha Donald Trampning amaldagi prezidentlik muddati tugagach, uning oʻrnini egallash niyatini eʼlon qilmagan. Odatda nomzodlar saylovda qatnashish rejasini 2027-yil bahorida maʼlum qiladi, rasmiy nomzod koʻrsatish uchun partiya qurultoylari esa iyuldan sentyabrgacha oʻtkaziladi.
Vens oʻsha intervyuda respublikachilar 3-noyabr kuni AQShdagi oraliq saylovlarda jiddiy magʻlubiyatga uchraganini ham aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, partiya bu natijani hisobga olishi, mamlakat farovonligi, erkinligi va suverenitetiga intilishi, shuningdek, amerikaliklarning iqtisodiy qiyinchiliklarini yengillashtirish uchun «iqtisodiy millatchilik» yoʻnalishini kuchaytirishi kerak.





