Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Navoiy IES yangi podstansiyasida dastlabki 220 kV kuchlanish berildi

Navoiy IESning yangi podstansiyasida ilk bor 220 kV kuchlanish berildi. U orqali stansiya va “Gibrid” quyosh elektr stansiyasi energiya tizimiga ulandi.

25-noyabr, 08:53По-русски

Read in English

Yangi 500/220 kV podstansiyaning 220 kV shinalariga dastlabki kuchlanish berildi, deya xabar qildi Oʻzbekiston Energetika vazirligi. Obyekt Navoiy IESda quvvati 650 MVt boʻlgan uchinchi bugʻ-gaz qurilmasi loyihasi doirasida barpo etilmoqda.

Kuchlanish berilgach, stansiya hamda quvvati 300 MVt boʻlgan “Gibrid” quyosh fotoelektr stansiyasi yangi podstansiya orqali ulandi. Yangi podstansiya Oʻzbekiston yagona energetika tizimining janubi-gʻarbiy va shimoliy qismlari oʻrtasidagi elektr aloqalarini mustahkamlashi, shuningdek, yuqori kuchlanishli tarmoqlar orqali elektr energiyasini uzatish ishonchliligini oshirishi kerak.

Obyektda Yaponiya, Xitoy, Hindiston va Koreyada ishlab chiqarilgan uskunalar oʻrnatilmoqda. Bosh pudratchi — Mitsubishi Corporation va Mitsubishi Power Ltd. konsorsiumi; Turkiyaning Çalik Enerji kompaniyasi subpudratchi sifatida ishtirok etmoqda.

Keyingi bosqichda yangi bugʻ-gaz qurilmasidan mamlakat yagona energetika tizimiga elektr energiyasini uzatish uskunalariga kuchlanish berish rejalashtirilgan. Shundan keyin yakuniy sinov va tekshiruvlar oʻtkaziladi, qurilma esa bosqichma-bosqich foydalanishga topshiriladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media