Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

Xvicha va MMA jangchisi Parnass — Fransiyaning GQ «Yil odami» sovrindorlari orasida

Xvicha Kvaratsxeliya va MMA jangchisi Saladin Parnass Fransiyaning GQ jurnali «Yil odami» mukofotining 2026-yilgi sakkiz sovrindori qatoridan joy oldi.

17-noyabr, 16:30По-русски

Read in English

sports.ru

Fransiyaning GQ jurnali «PSJ»ning hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliyani va MMA jangchisi Saladin Parnassni sovrindorlar roʻyxatiga kiritdi. Ular bilan birga aktyorlar Kolman Domingo, Nils Shnayder va Artur Arari, xonanda Anjel, repper Tiakola hamda modelyer Villi Chavarria ham taqdirlandi.

Nashr Xvicha Kvaratsxeliyani soʻnggi Chempionlar ligasining eng yaxshi oʻyinchisi va «PSJ»ning asosiy hujumkor yulduzi deb atadi. GQ bahosiga koʻra, bir necha hafta oldin jiddiy jarohat futbolchining mavsumini toʻxtatib qoʻydi, biroq u albatta yanada kuchliroq qaytadi.

Parnass 5-sentabr kuni Parijda oʻtkazilgan UFC turnirining asosiy jangida Den Hukerni 150 soniyada magʻlub etdi. GQ taʼkidlashicha, shundan soʻng 28 yoshli jangchi jahon MMAʼsining yetakchi vakillari qatoridan joy oldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media