Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Siyosat

YI 2026-yil dekabridan Xitoydan gibrid avtomobillar olib kirilishini cheklaydi

24-noyabr kuni Yevrokomissiya Xitoyda yigʻilgan, qaysi brendga tegishli boʻlishidan qatʼi nazar, gibrid avtomobillar importiga vaqtinchalik kvota joriy qildi.

25-noyabr, 12:27По-русски

Read in English

auto.mail.ru

Cheklov zaryadlanadigan gibridlarga (PHEV), klassik va «yumshoq» gibridlarga (HEV) taalluqli. Yurish zaxirasi kengaytirilgan gibridlar (EREV) elektromobillar kabi tartibga solinadi va kvotaga kiritilmaydi.

Iyun oyigacha kvota qariyb 192 mingta avtomobilni tashkil etadi, bu yiliga taxminan 350 mingta avtomobilga toʻgʻri keladi. Bu YI 2025-yilda Xitoydan olib kirgan avtomobillar sonidan (302 400 ta) 16 foizga koʻp. Biroq 2026-yilda import hajmi qariyb 800 mingta boʻlishi kutilmoqda. Limit tugagach, bojxona yangi partiyalarni oʻtkazmay qoʻyadi.

Pekin bu qaror ustidan JSTda shikoyat qilish bilan tahdid qildi.

Kvota ishlab chiqarilgan joyga qarab hisoblanadi, shu bois u Xitoydagi zavodlariga ega Volkswagenʼga ham taʼsir qiladi. Yevropada yigʻilgan avtomobillar limitga kiritilmaydi. BYD Vengriyada zavod qurmoqda, Leapmotor Ispaniyada avtomobillar ishlab chiqarmoqda, Chery esa Barselonada yigʻishni yoʻlga qoʻyishga tayyorlanmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media