Rafael Nadal «Real» direktorlar kengashiga saylandi
Tennischi Rafael Nadal Madridning «Real» klubi direktorlar kengashiga navbatdan tashqari umumiy yigʻilishda 99,5 foiz ovoz bilan saylandi.
23-noyabr, 20:11По-русски

matchtv.ru
Qaror klubning yuzma-yuz va masofaviy formatlarda oʻtkazilgan yigʻilishida qabul qilindi. Nadal global futbol brendida ishlash bilan bogʻliq masʼuliyatni anglashini va klub rivojiga hissa qoʻshmoqchi ekanini bildirdi.
40 yoshli sportchi 2024 yilda faoliyatini yakunlagan. U faoliyati davomida yakkalik bahslarida 92 ta turnirda, jumladan, «Katta dubulgʻa» turkumidagi 22 ta turnirda gʻolib boʻlgan.





