Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

Sinner operatsiya qilinishi xavfi ostida: tizzani konservativ davolash samara bermadi

Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner tizzasidagi jarohat boʻyicha mutaxassislar bilan maslahatlashish uchun AQShga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Italiyaning Vanity Fair Italy nashri yozmoqda.

19-noyabr, 16:25По-русски

Read in English

championat.com

Jurnal maʼlumotlariga koʻra, konservativ davolash hozircha “Katta dubulgʻa” turnirlarining besh karra gʻolibi kutgan samarani bermadi. Italiyalik tennischi kortga hali ham qaytmagan: u toʻliq mashgʻulotlarni hanuz qayta boshlamadi.

Sinner jamoasida hozircha operatsiya masalasi muhokama qilinmagan. Biroq oʻrta muddatli istiqbolda bunday ehtimolni ham istisno qilishmayapti: agar tizzadagi ogʻriq yoʻqolmasa va davolash ham samara bermasa, jarrohlarsiz iloj boʻlmasligi mumkin.

2026-yilgi Uimbldon turniridagi gʻalabasidan keyin Sinner ATP doirasida birorta ham turnirda oʻynamadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media