Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Beyonse 100 ta “Gremmi” nominatsiyasiga ega boʻlgan ilk ijodkor boʻldi

Beyonse “Gremmi” tarixida 100 ta nominatsiyaga ega boʻlgan ilk ijodkor boʻldi. Uning yubiley nominatsiyasi 2027-yilgi mukofot uchun “Morning Dew (Donk)” trekiga berildi.

17-noyabr, 15:39По-русски

Read in English

billboard.com

16-noyabr kuni ertalab 2027-yilgi mukofotga nomzodlarning toʻliq roʻyxati eʼlon qilingach, Beyonse “Eng yaxshi yakkaxon R&B ijrosi” nominatsiyasini oldi. U bu nominatsiyaga BʼDay albomining yubiley qayta nashriga bonus sifatida kiritilgan, avval chiqarilmagan “Morning Dew (Donk)” treki uchun ilgari surildi. Qoʻshiq 4-iyul kuni chiqarilgan.

Beyonse ushbu kompozitsiyani Farrel Uilyams, The-Dream va Darius Dikson bilan birga yozgan. Trek prodyuserlari xonandaning oʻzi va Uilyams boʻlgan. Bu nominatsiyada Kelani “Out the Window”, Viktoriya Mone “Let Me”, Jill Skott “Pressha” va Tems “What You Need” qoʻshiqlari bilan qatnashmoqda.

Beyonse “Gremmi” tarixidagi eng koʻp mukofot olgan ijodkor boʻlib qolmoqda: uning hisobida 35 ta gʻalaba bor. Bu koʻrsatkich boʻyicha u marhum dirijyor Georg Soltini ham ortda qoldiradi. Avvalroq Cowboy Carter albomi xonandaga “Yil albomi” va “Eng yaxshi kantri albomi” nominatsiyalaridagi ilk gʻalabalarini keltirgandi.

Joriy nomzodlar roʻyxatida RAYE yetakchilik qilmoqda: u bir yil ichida eng koʻp nominatsiya olgan ayol ijodkor boʻyicha Beyonse rekordini takrorladi. Eng koʻp nominatsiya olgan ijodkorlar qatorida, shuningdek, Rozaliya, Fibi Bridjers, Miranda Lambert, Ella Lengli va Oliviya Rodrigo bor. Bu roʻyxatdagi barcha yetakchilar — ayollar.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media