NASA XKSga saraton, mushak atrofiyasi va oʻsimlik yetishtirish boʻyicha tadqiqotlar uchun uskunalar yuboradi
NASAning Northrop Grumman CRS-25 missiyasi XKSga saraton, mushak atrofiyasi va oʻsimlik yetishtirish boʻyicha tadqiqotlar uchun uskunalarni oʻz ichiga olgan qariyb 11 000 funt ilmiy yuk va zaxiralarni yetkazadi.

Cygnus XL yuk kemasi SpaceX Falcon 9 raketasida Floridadagi Kanaveral burni kosmodromidan uchiriladi. Bu Northrop Grumman apparatining kattalashtirilgan versiyasi uchun uchinchi parvoz boʻladi. Kema stansiyaga yetib kelganidan soʻng ekipaj uni Canadarm2 manipulyatori yordamida tutib oladi, yer ustidagi mutaxassislar esa uni Unity moduliga oʻrnatadi.
Tajribalar orasida mushak massasining yoʻqolishini kamaytirish yoʻllarini izlashga moʻljallangan Cardinal Muscle 2.0, zich toʻqimalarga dori yetkazuvchi zarrachalarni yaratishga qaratilgan DNA NANO B va oʻsmalarning miniatyura nusxalari bilan ishlovchi Encapsulate-1 bor. Shuningdek, Cygnus XL kemasida boʻlajak Oy missiyalari uchun ARES radiatsiya datchigi hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishga moʻljallangan OHALO III avtomatlashtirilgan qurilmasi yuboriladi.
JOINS texnologik namoyishi materiallarni bevosita kosmosda birlashtirish usullarini sinovdan oʻtkazadi. Yuk tarkibiga yashash boʻlinmalari uchun almashtiriladigan elementlar, hojatxona tizimi qismlari, ochiq kosmosga chiqishlar uchun asboblar va stansiya datchiklari uchun batareyalar ham kiradi.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52


