Elina Svitolina WTA — 2026 Yakuniy turnirida 1,5 mln dollar oldi
Ukrainalik tennischi hal qiluvchi uchrashuvgacha yetib bordi, biroq finalda dunyoning ikkinchi raketkasi — rossiyalik Mirra Andreevaga yutqazdi.
17-noyabr, 17:11По-русски

championat.com
Guruh bosqichida Svitolina ikki marta gʻalaba qozonib, bir bor magʻlub boʻldi. U Karolina Muchova va Aryna Sabalenkoni yengdi, Andreevaga esa setlardan birini birorta ham geym bermay boy berdi. Yarim finalda ukrainalik tennischi chexiyalik Linda Noskovadan ustun keldi.
Mavsum yakuniy turniri 8–15 noyabr kunlari AQShning Indian-Uells shahrida oʻtkazildi. Unda mavsum yakunlariga koʻra yilning eng kuchli sakkiz nafar tennischisi ishtirok etdi. Turnir chempionligini Mirra Andreeva qoʻlga kiritdi.





