Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Siyosat

Iordaniya qiroli Shavkat Mirziyoyevni mamlakatning oliy mukofoti bilan taqdirladi

Ammanda Iordaniya qiroli Abdulla II ibn al-Husayn Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga «Al-Husayn ibn Ali» ordenini topshirdi. Mirziyoyev qirolni Oʻzbekiston ordeni bilan taqdirladi.

25-noyabr, 17:18По-русски

Read in English

Ikki davlat yetakchilarining turmush oʻrtoqlari ishtirokidagi uchrashuvdan soʻng davlat mukofotlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Abdulla II ibn al-Husayn Mirziyoyevga Iordaniyaning oliy davlat mukofoti — «Al-Husayn ibn Ali» ordenini topshirdi. Prezident bu mukofotni hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi eʼtirofi va oʻzbek xalqiga hurmat belgisi sifatida qabul qilishini bildirdi.

Bunga javoban Mirziyoyev qirolni «Oliy Darajali Doʻstlik» ordeni bilan taqdirladi. Mukofot doʻstona munosabatlar va oʻzaro anglashuvni mustahkamlashga, shuningdek, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun topshirildi. Qirol uni butun Iordaniya xalqiga va ikki tomonlama hamkorlikka hurmat belgisi sifatida qabul qilishini aytdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media