Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Sunʼiy intellekt pufagi, rekord darajadagi qarz va qimmat aksiyalar: Uoll-strit uchun uchta xavotirli signal

Donald Tramp prezidentligi davrida Dow Jones 57 foizga, S&P 500 70 foizga, Nasdaq esa 142 foizga oʻsdi.

23-noyabr, 16:21По-русски

Read in English

fool.com

Oʻsishni sunʼiy intellekt infratuzilmasidagi bum, kompaniyalarning kuchli moliyaviy hisobotlari, aksiyalarni rekord darajada qayta sotib olish va shov-shuvli IPOlar qoʻllab-quvvatladi. Biroq The Motley Fool sharhlovchisi Shon Uilyams bozor qulash xavfi ortib borayotganidan ogohlantirmoqda. U buning uchta sababini keltiradi.

Sunʼiy intellekt hozircha oʻzini oqlamayapti. IDC bahosiga koʻra, 2031 yilga borib sunʼiy intellekt bozori 22,5 trln dollarga yetishi mumkin. Ammo internetdan boshlab har bir inqilobiy texnologiya yorilgan pufak bosqichidan oʻtgan: investorlar texnologiya qanchalik tez daromad keltira boshlashini ortiqcha baholaydi. Sunʼiy intellektga mablagʻlar bajonidil kiritilmoqda, biroq kompaniyalar undan maksimal foyda olishni hali tez orada oʻrganib olishmaydi.

Aksiyalar haddan tashqari qimmat. S&P 500 uchun Shiller koeffitsiyenti (CAPE) hozir 1871 yildan beri ikkinchi eng yuqori darajada turibdi. 156 yil davomida u 30 dan atigi olti marta oshgan. Avvalgi besh holatning barchasi indekslarning 20–89 foizga pasayishi bilan yakunlangan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Investorlar qarz olib aksiyalar sotib olmoqda. 2026 yil iyunida marja qarzi rekord darajadagi 1,502 trln dollarga yetdi, 14 oy ichida u 77 foizga oshdi. 1998 yildan beri bunday keskin sakrash toʻrtinchi marta kuzatilmoqda. Avvalgi uch holat dotkomlar qulashi, 2007 yilgi inqiroz va 2022 yilgi ayiq bozori oldidan yuz bergan.

Signallarning hech biri bozor qulashini kafolatlamaydi, biroq muallifning aytishicha, uning ehtimoli har kuni oshib bormoqda.