Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Londonda startap-hab ishga tushirdi

Qoʻshma Eurasia Growth Hub ikki mamlakat startaplarini britaniyalik investorlar bilan bogʻlab, xalqaro bozorlarga chiqish imkonini kengaytirishga qaratilgan.

25-noyabr, 11:50По-русски

Read in English

Eurasia Growth Hubʼning rasmiy ochilishi IT Park Uzbekistan va Astana Hub tashkil etgan Digital Eurasia – Growth Hub Grand Opening tadbiri doirasida boʻlib oʻtdi. Xab Oʻzbekiston va Qozogʻiston startap ekotizimlari hamkorligini mustahkamlashi va texnologik kompaniyalarning Britaniya bozoriga chiqishiga yordam berishi koʻzda tutilgan.

Uchrashuvda ikki mamlakatdan 12 ta startap oʻz ishlanmalarini britaniyalik auditoriyaga taqdim etdi. Tadbirda venchur fondlar, biznes farishtalari, texnologik kompaniyalar va xalqaro startap ekotizimlari vakillari ham boʻlgan 250 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Unda NVIDIA, Startupbootcamp, EBRD VC, Molten Ventures, Innowise, FCDO, Citibank va Sturgeon Capital vakillari, shuningdek, Oʻzbekiston va Qozogʻistonning Buyuk Britaniyadagi elchilari ham ishtirok etdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media