Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Huawei AQShda firibgarlik va yana bir nechta jinoiy ayblov boʻyicha aybdor deb topildi

AQSh federal sudi hayʼati Huaweiʼni 12 banddan 10 tasi, jumladan firibgarlik, sanksiyalarni buzish va tijoriy sirlarni oʻgʻirlashga til biriktirish boʻyicha aybdor deb topdi.

25-noyabr, 15:56По-русски

Read in English

interfax.ru

Qaror 2018-yilda qoʻzgʻatilgan ish boʻyicha ikki oy davom etgan sud jarayonidan soʻng chiqarildi. Prokuratura Huawei va uning bir nechta shoʻba kompaniyalarini biznesni butun dunyo boʻylab kengaytirish uchun til biriktirishda, shuningdek, pul yuvish va banklarni Eron hamda Shimoliy Koreyadagi faoliyati haqida chalgʻitishda aybladi.

Himoya tomoni ayblov oddiy tadbirkorlik faoliyatini jinoyat sifatida koʻrsatishga urinayotganini taʼkidladi. Hayʼat kompaniyani odil sudlovga toʻsqinlik qilish maqsadidagi til biriktirish bandi va yana bir ayblov boʻyicha oqladi.

Jazo tayinlash 2027-yil sentyabriga belgilangan. Huawei pul jarimasiga tortilishi mumkin va hukm ustidan shikoyat qilmoqchi, dedi uning advokati. 2019-yilda AQSh milliy xavfsizlik borasidagi xavotirlar sabab kompaniyani qora roʻyxatga kiritib, uning Amerika texnologiyalaridan foydalanishini cheklagan edi. Yangi choralar, ehtimol, aybdor deb topilishdan keladigan obroʻ zarariga qaraganda kamroq ahamiyatli boʻladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media