Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonlik fermerlar Xitoydagi sut klasteri tajribasini oʻrgandi

Oʻzbekistondan borgan chorvadorlar delegatsiyasi Xitoydagi Linwu sut klasteri faoliyati bilan tanishdi. Safar Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan mamlakatning XXRdagi elchixonasi koʻmagida tashkil etildi.

23-noyabr, 17:19По-русски

Read in English

Fermerlar chorva mollarining genetikasini yaxshilash va yuqori mahsuldor zotlarga mansub chorva mollari sonini koʻpaytirishda qoʻllanadigan tuxum hujayralarini olish, laboratoriyada urugʻlantirish hamda embrion koʻchirish texnologiyalarini oʻrgandi. Shuningdek, ishtirokchilarga sutni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan jarayonlari — xomashyoni qabul qilishdan tayyor mahsulotni qadoqlashgacha — namoyish etildi.

Klaster hududida Mengniu Group kabi yirik ishlab chiqaruvchilarning korxonalari faoliyat yuritadi. Savdo-sanoat palatasi Xitoy tajribasi Oʻzbekistonda chorva mahsuldorligini oshirish, sut xoʻjaliklarini boshqarish va sut sanoatini modernizatsiya qilishda foydali boʻlishi mumkin, deb hisoblaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media