Xeyli Staynfeld «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmida ishtirok etishini tasdiqladi
Marvel Xeyli Staynfeldning «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmida ishtirok etishini tasdiqladi. Aktrisa Disneyʼning «Hexed» animatsion filmi chiqqach, Keyt Bishop roliga qaytadi.

Tasdiq Marvel va Walt Disney Animation kompaniyalari hamkorlikda tayyorlagan, «Hexed» filmining Yevropadagi promosi davomida eʼlon qilingan rolikda paydo boʻldi. Videoda Staynfeld oʻz ismi yozilgan, yashil bant taqilgan kresloga eʼtibor qaratadi. Uning soʻzlariga koʻra, kreslo «boshqa film uchun» yetkazilgan.
Marvel postga shunday izoh berdi: «Xeyli Staynfeld ishtirokidagi “Hexed” filmini u “Qasoskorlar: Qiyomat kuni”ga qaytishidan oldin tomosha qiling». Yashil rang yangi filmning reklama materiallari bilan bogʻliq. Oʻtgan yili aktyorlar ismi yozilgan kreslolar film aktyorlar tarkibining ilk aʼzolarini tanishtirish uchun ishlatilgan edi.
Staynfeld Marvelʼning «Hawkeye» cheklangan serialida Keyt Bishop rolini ijro etgan. Uning qahramoni Klint Bartonning Sokol koʻzi obrazini davom ettirdi; Barton rolini Jeremi Renner ijro etgan. Aktrisa «The Marvels» filmida ham Bishop rolida koʻrindi.
Marvel va Disney «Qasoskorlar: Qiyomat kuni»ni 18-dekabrda chiqaradi.
Yana oʻqing

Jon Lennon 1968-yilgi avval eʼlon qilinmagan The Beatles suratlarida saksofon chalmoqda
Madaniyat09:53
Bred Pitt va Anjelina Joli ayrilganidan 10 yil oʻtib nizoni hal qildi
Madaniyat26-noyabr, 12:55


