Oʻzbekiston, Cambridge va UNICEF oʻqituvchilar malakasini oshirish masalasini muhokama qildi
Oʻzbekistonda xalqaro hamkorlar yordamida pedagoglarning kasbiy darajasini qanday oshirish masalasi muhokama qilindi.

18 noyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Cambridge Partnership for Education va UNICEF vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muzokaralarda tegishli tuzilmalar rahbarlari va xalqaro tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi.
Tomonlar oʻqituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va zamonaviy oʻqitish metodikalarini joriy etish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, xorijiy tajribaga tayangan holda malaka oshirish dasturlarini kengaytirish haqida soʻz yuritildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha ishtirokchilar hamkorlikdagi ishlarning keyingi yoʻnalishlarini belgilab oldi. Hamkorlik taʼlim sifatini oshirishga va pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashga yordam berishi kerak.





