Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

Ispaniya Oliy sudi La Liganing CVC bilan bitimi haqiqiy emasligini tasdiqladi

«Real» Ispaniya Oliy sudi La Liganing apellyatsiyasini rad etib, CVC jamgʻarmasi bilan kelishuv haqiqiy emasligini uzil-kesil tasdiqlaganini maʼlum qildi.

19-noyabr, 12:59По-русски

Read in English

sports.ru

«Real»ga koʻra, Oliy sud La Liganing Madrid provinsial sudi qaroriga bergan apellyatsiyasini rad etdi. Bu sud avval liga maʼqullagan bitimni bekor qilgan, endi esa La Liga apellyatsiya boʻyicha sud xarajatlarini toʻlashi shart.

Bitimga qarshi daʼvoni dastlab unga qarshi ovoz bergan «Real» va «Atletik» berdi. «Barselona» keyinchalik ligaga nisbatan daʼvolaridan voz kechdi. Yakuniy hukm 2021-yilgi kelishuvga taalluqli: CVC La Ligaga qariyb 2 mlrd yevro berib, turnir telehuquqlarining keyingi 50 yilga taxminan 11 foizini oldi.

Mablagʻlar Ispaniyaning birinchi va ikkinchi divizionlaridagi 42 klubdan 39 tasiga moʻljallangan edi. Ularni, jumladan, infratuzilmani rivojlantirish va jamoalarni raqamlashtirishga sarflash rejalashtirilgan edi.

«Real» bayonotida sud bitim uning koʻlami, taʼsiri va klublar uchun oqibatlari haqida yetarli maʼlumotsiz qabul qilingani sababli noqonuniyligini tasdiqlagani aytiladi. Shuningdek, klub sud La Liga apellyatsiyada Madrid provinsial sudi mezonlarini oʻz mezonlari bilan almashtirishga urinib, gʻarazli maqsadlarni koʻzlagan, degan xulosaga kelganini qayd etdi. «Real» klublarning huquq va manfaatlarini, shuningdek, Ispaniya futbolidagi qonuniylik, shaffoflik va tegishli boshqaruvni himoya qilishda davom etishini bildirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media