Uy videokuzatuv kamerasini tanlashda qaysi xususiyatlar muhim?
Uy kamerasi tanlashda 4Kning oʻzi emas, tungi koʻrish va keng koʻrish burchagi muhimroq. Elektr yoki Wi‑Fi uzilsa, akkumulyator, mobil aloqa va SD-karta asqatadi.

Maqolada kamida 2K/1080p aniqlikka, sifatli tungi koʻrishga va 180 darajali koʻrish burchagiga ega kameralarni tanlash tavsiya etiladi. Tashqi makon modellari uchun IP68 yoki undan yuqori himoya darajasi hamda mahalliy iqlimga mos ish harorati diapazoni zarur.
Quyosh panelisiz akkumulyatorli kameralarni eng yaxshi holatda ham har olti-oʻn ikki oyda quvvatlashga toʻgʻri keladi. Haqiqiy muddat harakatlar soni, signal kuchi va translyatsiyani koʻrish tez-tezligiga bogʻliq, biroq qurilma quvvatlashlar orasida kamida bir oy ishlashi kerak. Odamlar, posilkalar, hayvonlar va avtomobillarni tanish ortiqcha bildirishnomalarni kamaytiradi, ammo buning uchun koʻpincha internet va obuna talab etiladi. Shu bois maʼlumotlarni qoʻshimcha toʻlovsiz qurilmaning oʻzida qayta ishlaydigan modellar tavsiya qilinadi. Bulutli yozuv mahalliy yozuvdan ishonchliroq: kamera oʻgʻirlansa yoki yoʻq qilinsa, SD-karta yordam bermaydi.
Muallif uzoq muddatga ketganda mobil aloqaga ega, yozuvni SD-kartaga zaxiralaydigan akkumulyatorli kamerani tavsiya qiladi. Bu qimmatga tushadi va maʼlumot uzatish tarifini talab qiladi. U professional monitoringni bahsli deb hisoblaydi, biroq bunday xizmat uzoq vaqt safarda boʻladiganlarga asqatishi mumkin.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52


