Agar MYU Makkenni uchun €40 mln toʻlasa, Xyoybyerg «Yuventus»ga oʻtishi mumkin
«Yuventus» «Marsel»da oʻynayotgan 31 yoshli Pyer-Emil Xyoybyergni sotib olmoqchi. Bu transfer «Manchester Yunayted» Ueston Makkenni uchun €40 mln taklif qiladimi yoki yoʻqmi, shunga bogʻliq.

Pyer-Emil Xyoybyerg «Marsel»dan «Yuventus»ga oʻtishi mumkin, biroq buning uchun bitta shart bor. Italiyaning Gazzetta dello Sport nashri yozishicha, «keksa sinyora» 31 yoshli daniyalik futbolchini yarim himoyada joy boʻshatgachgina sotib olishga tayyor. Klubga yordam berishi kerak boʻlgan jamoa — «Manchester Yunayted»: Turin klubi inglizlardan Ueston Makkenni uchun 40 mln yevro kutmoqda.
Amerikalik futbolchi bilan bogʻliq vaziyat noaniq. Makkennining oʻzi Italiyani tark etishni istamayapti va «Yuventus»da qolishni rejalashtirmoqda. Biroq Manchester klubining u borasida katta rejalari bor: jurnalistlar xabariga koʻra, yaqinda MYUga bosh murabbiy boʻlgan Maurisio Pochettino 28 yoshli yarim himoyachini oʻz jamoasi uchun kerakli futbolchi deb hisoblaydi.
Ikki nomzodning statistikasi deyarli bir xil. Makkenni mavsum boshidan buyon 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta assist qayd etdi. Xyoybyerg ham shuncha uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan.





