OAV: elektr Porsche 718 Boxster eng yaxshisi boʻlishi mumkin
Jurnalist elektr Porsche 718 Boxster prototipi rulida olti aylana bosib oʻtdi. Toʻliq xulosa chiqarish hali imkonsiz, biroq dastlabki taassurotlar kuchli boʻldi, deb yozadi Autocar.

Porsche jurnalistlar uchun ishlab chiqilishining kech bosqichida turgan elektr 718 Boxster prototipida qisqa sinov haydashini tashkil etdi. Bungacha OAV vakillari avtomobillar dinamikasi boʻyicha rahbar yonida yoʻlovchi oʻrindigʻida oʻtirib yurishlari mumkin edi, endi esa mashinani mustaqil boshqarish uchun cheklangan imkoniyatga ega boʻlishdi.
Sinovchi Mayorka tepaliklarida yoʻlovchi sifatida bir soat yurganidan soʻng, poyga trassasida olti aylana bosib oʻtdi. Uning taʼkidlashicha, yangi Boxster oʻzi boshqargan elektromobillar orasida eng qiziqarlisi boʻldi, biroq bu tajribani toʻliq baho deb hisoblamaydi. Porsche keyinroq jurnalistlarga tayyor avtomobilni namoyish etib, uzoqroq sinov oʻtkazish imkonini bermoqchi — taxminan yozda.
Elektr sportkari loyihasi avvalroq batareyalar yetkazib beruvchisi bilan bogʻliq muammolar va rahbariyatning bunday avtomobillarga talab borasidagi shubhalari sababli sezilarli darajada kechikkan edi. Endi kompaniya dasturini yana qoʻllab-quvvatlamoqda va muhokama qilingan qarama-qarshi joylashgan olti silindrli dvigatelli versiyadan voz kechdi.
Sinov avtomobillari yengil kamuflyaj ostida yashirilgan edi. Dizayn jihatidan ular Boxsterʼga xos tanish proporsiyalar va egri chiziqlarni saqlab qolgan, biroq biroz kattalashgan. Yangi elementlar qatorida gorizontal plankali old havo kirish teshiklari ham bor.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52


