AI tizimlarning eski zaifliklariga qaratilgan kiberhujumlarni tezlashtirmoqda
Buyuk Britaniya Milliy kiberxavfsizlik markazi 2026-yil sentabridan beri AI yordamidagi hujumlar koʻpayganini bildirdi: vositalar eski zaifliklarni daqiqalarda topib, ulardan foydalanadi.

Markaz avtonom buzib kirish vositalari bilan bogʻliq bir nechta hodisani qayd etdi. Ular internetga ochiq xizmatlarni avtomatik tekshiradi, zaifliklarni topadi va ulardan birin-ketin foydalanishga urinadi. Bu ayrim xizmatlarda uzilishlar hamda hujumchilar ishni davom ettirishi mumkin boʻlgan tizimlarga kirishga olib keldi.
Markaz maʼlumotiga koʻra, hujumchilar dastlab himoyani ruxsat etilgan tartibda sinash uchun yaratilgan vositalardan foydalanmoqda. Zaifliklar yangi emas: gap yillar davomida toʻplanib kelgan muammolar — tasodifan eʼlon qilingan hisob maʼlumotlari, infratuzilma sozlamalaridagi xatolar, standart parollar, autentifikatsiyaning yoʻqligi va API zaifliklari haqida bormoqda.
Asosiy oʻzgarish hujumlarning tezligi va koʻlamida. Vosita qidiruvdan foydalanishga urinishgacha boʻlgan jarayonni daqiqalarda bosib oʻtadi, koʻplab manzillar va parametrlarni tekshiradi, xatolarni tahlil qiladi va keyingi qadamini oʻzgartiradi. Markaz asosiy kiberhimoya choralari hanuz ishlayotganini taʼkidlaydi. Tashkilotlarga internetga ochiq barcha xizmatlarni aniqlash va imkon qadar ularni ruxsatsiz foydalanuvchilar uchun yopish tavsiya etiladi.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52


