«Inter Mayami» Messi bilan bir kishi kam oʻynab, MLS pley-offida «Kolambus Kryu»ga yirik yutqazdi
«Inter Mayami» MLS pley-offining birinchi raundidagi ilk uchrashuvda «Kolambus Kryu»ga 0:3 hisobida yutqazdi. Mezbonlar 36-daqiqadan boshlab bir kishi kam oʻynadi.
23-noyabr, 10:18По-русски

championat.com
Uchrashuv Mayamidagi «Nu Stadium» stadionida boʻlib oʻtdi. «Inter Mayami»ning asosiy tarkibida Lionel Messi va Luis Suarez maydonga tushdi.
«Kolambus Kryu» safida Gonsalo Tapia dubl qayd etdi, yana bir golni Taha Xabrun urdi. Mezbonlar tarkibidagi Gonsalo Luhan 36-daqiqada chetlatildi.
Javob uchrashuvi 28-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Muntazam chempionatda «Inter Mayami» Sharqiy konferensiyada 60 ochko bilan ikkinchi, «Kolambus Kryu» esa 47 ochko bilan yettinchi oʻrinni egallagan.





