Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

Alkaras ilk bor yakuniy turnirni yutdi. Bu uning 2026-yildagi oltinchi tituli

Karlos Alkaras ATP yakuniy turniri finalida Aleksandr Zverevni 6:2, 7:6(7) hisobida magʻlub etib, bu sovrinni ilk bor qoʻlga kiritdi. Ispaniyalik tay-breykda uchta setbolni qaytardi.

23-noyabr, 11:35По-русски

Read in English

sports.ru

Hal qiluvchi bahsda Alkaras mavsumdagi oltinchi va faoliyatidagi 30-titulini qoʻlga kiritdi. U Venadagi va Parijdagi gʻalabalardan soʻng ketma-ket 14-oʻyinida zafar quchdi.

Ispaniyalik ikkinchi yil ketma-ket yakuniy turnir finaliga chiqdi: 2025-yilda u Yannik Sinnerga yutqazgandi. Endi Alkaras Manuel Orantes va Aleks Korretxadan keyin bu titulni qoʻlga kiritgan Ispaniyaning uchinchi vakiliga aylandi.

Bundan tashqari, tennischi toʻrtta «Katta dubulgʻa» turniri va yakuniy turnirning barchasida gʻalaba qozongan tennischilar qatoriga qoʻshildi. Undan avval buni Andre Agassi, Rojer Federer va Novak Djokovic uddalagan. Bilagi jarohatidan keyin Alkaras 27 uchrashuvning 25 tasida gʻalaba qozondi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media