Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

SI mavjud boʻlmagan yoʻl harakati qoidasi bandini oʻylab topishi mumkin: neyrotarmoq yordamida imtihonga qanday tayyorlanish kerak

Runet tahliliy nashrining bosh muharriri Vladimir Zykov ogohlantirdi: sunʼiy intellekt xato qilishi, turli mamlakatlar qoidalarini aralashtirib yuborishi va yoʻl harakati qoidalarida mavjud boʻlmagan bandlarga murojaat qilishi mumkin.

24-noyabr, 13:02По-русски

Read in English

auto.mail.ru

Zykov yoʻl harakati qoidalari boʻyicha imtihonga tayyorlanishda neyrotarmoqqa toʻliq tayanmaslik kerak, deb hisoblaydi. SI notoʻgʻri javobni ishonarli tarzda tushuntirib berishi mumkin. Natijada oʻquvchi xatoni yodlab olib, uni amaldagi qoida deb qabul qiladi.

Buning sabablaridan biri — muhim farqlar mavjud boʻlsa-da, turli mamlakatlardagi yoʻl harakati qoidalarining oʻxshashligidir. AQShning ayrim shtatlarida toʻliq toʻxtagandan keyin, agar bunday manyovr alohida taqiqlanmagan boʻlsa, qizil chiroqda oʻngga burilishga ruxsat etiladi. Oʻzbekistonda esa ruxsat beruvchi signal boʻlmasa, bunday burilish taqiqlangan. Xorijiy materiallar asosida oʻqitilgan neyrotarmoqdan faqat Rossiya yoʻl harakati qoidalaridan foydalanish soʻralganidan keyin ham turli davlatlar meʼyorlarini chalkashtirib yuborishi mumkin.

Bundan tashqari, qoidalar vaqti-vaqti bilan yangilanadi, SI esa eskirgan maʼlumotlarga tayanishi mumkin. Neyrotarmoq qoidalarda mavjud boʻlmagan bandni oʻylab topishi, amaldagi meʼyorni xato bayon qilishi yoki mavjud boʻlmagan bandning aniq raqamini aytishi ham mumkin. Bu javob goʻyo rasmiy hujjat bilan tasdiqlangandek taassurot uygʻotadi.

Mutaxassis tayyorgarlik uchun amaldagi imtihon biletlaridan foydalanishni tavsiya qiladi. Uning soʻzlariga koʻra, neyrotarmoq qoʻshimcha vosita boʻlishi mumkin: undan murakkab savolni sodda soʻzlar bilan tushuntirishni, vaziyatni tahlil qilishni yoki misollar keltirishni soʻrash mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media