Fargʻona viloyatida 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish rejalashtirilmoqda
Quyosh elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish uchun 350 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda.

Fargʻona viloyatida 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish rejalashtirilmoqda, buning uchun 350 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb etish koʻzda tutilgan. Kelishuv loyihani birgalikda tayyorlashni nazarda tutadi.
Quyosh elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish uchun 350 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda. Uni rivojlantirish toʻgʻrisidagi kelishuvni Oʻzbekiston Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ummonning Voltamp Energy SAOG kompaniyasi hamda mahalliy UET Construction imzoladi.
Hujjat stansiyani birgalikda ishlab chiqish va uni amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrishni nazarda tutadi. Obyekt ishga tushirilgach, qayta tiklanuvchi manbalardan har yili 1 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Loyiha ishtirokchilarining hisob-kitoblariga koʻra, bu yiliga 250 mln kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.
Hozirda Voltamp Energy mutaxassislari qurilish uchun ajratilgan maydonni oʻrganmoqda va moliyaviy modelni tayyorlamoqda. Bu ishlar yakunlangach, kompaniya tijoriy taklifni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Stansiyani qurish va ishga tushirish muddatlari hozircha maʼlum qilinmagan.
Bundan tashqari, Voltamp transformatorlar uchun maxsus oʻtkazgichlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha Texnokabel Group bilan kelishuvga erishdi. Nura Group bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqaradigan zavod qurish rejalashtirilmoqda.
Loyihalar, shuningdek, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutadi. Ishtirokchilar tashabbuslar yangi ish oʻrinlarini yaratishini kutmoqda, biroq ularning soni aniqlashtirilmagan.





