Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

Toshkentda World Boxing kubogi finali: dastur va Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi

MOQ maʼlumotiga koʻra, World Boxing finali 28-noyabrdan 3-dekabrgacha Toshkentda boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibidan 18 bokschi, jumladan, bosqich gʻoliblari Farzona Fozilova, Navbahor Hamidova va Javohir Ummataliev oʻrin oldi.

25-noyabr, 17:49По-русски

Read in English

Bellashuvlar Olimpiya shaharchasidagi yakkakurashlar majmuasida oʻtkaziladi. Sessiyalar soat 14:00 va 18:00 da boshlanadi: 28-noyabr kuni ochilish marosimi va dastlabki janglar, 30-noyabr hamda 1-dekabrda chorak finallar, 2-dekabrda yarim finallar, 3-dekabrda esa finallar boʻlib oʻtadi.

Terma jamoa tarkibida 10 nafar erkak va 8 nafar ayol bor. Ummataliev Xitoyda iyun oyida oʻtkazilgan bosqichda, Fozilova va Hamidova esa Braziliyada aprel oyida oʻtkazilgan bosqichda gʻolib boʻlgan. Toshkentdagi musobaqada ular mos ravishda 80, 48 va 65 kg gacha boʻlgan vazn toifalarida qatnashadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media