Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

Chelsi barcha turnirlardagi soʻnggi besh oʻyinida toʻrtinchi magʻlubiyatini oldi

Chelsi APLning 11-turida Lids Yunaytedga 1:4 hisobida yutqazdi. Bu London klubining barcha turnirlardagi soʻnggi besh uchrashuvidagi toʻrtinchi magʻlubiyati.

23-noyabr, 12:16По-русски

Read in English

championat.com

Lids Yunaytedga qarshi uchrashuvdagi magʻlubiyat Chelsi uchun soʻnggi besh oʻyindagi toʻrtinchisi boʻldi. Seriya 24-oktabr kuni Tottenhem Hotspurga qarshi uy uchrashuvidagi 0:2 hisobidagi magʻlubiyat bilan boshlandi.

Shundan soʻng jamoa Angliya liga kubogida Liverpul bilan durang oʻynadi, biroq penaltilar seriyasida yutqazdi. Bu davrdagi yagona gʻalaba Manchester Yunaytedga qarshi oʻyinda qayd etildi — 2:0. Keyin Chelsi Sanderlend va Lidsga magʻlub boʻldi.

APLning 11 turidan keyin London klubi 16 ochko bilan sakkizinchi oʻrinda bormoqda. Jamoa navbatdagi oʻyinini 27-noyabr kuni Nottingem Forestga qarshi oʻtkazadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media