Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Siyosat

Hisob palatasi Pentagonda oʻq-dorilar ishlab chiqarish rejasi yoʻqligini aniqladi

AQSh Hisob palatasi Pentagonda oʻq-dorilar ishlab chiqarishi va moliyalashtirilishini harbiy ehtiyojlar bilan bogʻlovchi reja yoʻqligini bildirdi. Zaxiralarning aniq hajmi ham nomaʼlum.

20-noyabr, 12:57По-русски

Read in English

twz.com

20 noyabr kuni AQSh Hisob palatasi Pentagonning oʻq-dorilar ishlab chiqarishini rejalashtirishdagi muammolari haqida hisobot eʼlon qildi. Palata bahosiga koʻra, raketalar, artilleriya snaryadlari va boshqa oʻq-dorilar xaridi qurolli kuchlarning amaldagi hamda ehtimoliy ehtiyojlariga har doim ham mos kelmaydi.

Arsenal zaxiralari kamayib borayotgan bir paytda Pentagon ishlab chiqarishni oshirmoqda. Biroq hisobotda qayd etilishicha, 155 mm snaryadlar ishlab chiqarishining koʻpayishi Mudofaa vazirligining umumiy ehtiyojlarini hisoblashga emas, AQShning ittifoqchilari va hamkorlarini qoʻllab-quvvatlash sabab kuchaygan taqchillikka bogʻlangan.

Pentagon vakillari yagona rejaning yoʻqligi vazirlik va qurolli kuchlarga global voqealarga javob berish imkonini berishini aytdi. Hisob palatasi esa bunday yondashuv ishlab chiqarishni umumiy talab bilan bogʻlashga imkon bermaydi, deb hisoblaydi. Uning maʼlumotlariga koʻra, Pentagonda oʻq-dorilar bilan bogʻliq vaziyat va ularning zaxiralarini koʻpaytirish uchun masʼul etib tayinlangan idora yoki tashkilot ham yoʻq.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media