Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda 20 ta agrometeorologik stansiya oʻrnatilib, Oʻzgidromet laboratoriyasi yangilanadi

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sohasi vakillariga oʻzgarib borayotgan iqlimga moslashishda yordam berishi kutilayotgan besh yillik loyihani boshlamoqda. Loyiha Antalyada oʻtkazilgan BMTning COP31 iqlim konferensiyasida taqdim etildi.

17-noyabr, 19:49По-русски

Read in English

Loyihani Moslashuv jamgʻarmasi moliyalashtiradi: u 10 mln dollar miqdoridagi grantni 2025 yil aprelidayoq maʼqullagan. Dasturni amalga oshirishda Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi (IFAD) yordam beradi.

Ushbu mablagʻ hisobidan mamlakatda 20 ta agrometeorologik stansiya oʻrnatiladi, Oʻzgidromet laboratoriyasi esa zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi. Asosiy maqsad — fermerlar ob-havo va iqlim haqida aniq maʼlumotlarga ega boʻlishini taʼminlash.

Qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari uchun ayoz, noodatiy issiq va boshqa ob-havo xavflari haqida oldindan xabar beradigan xizmatlar yaratish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, fermerlar dalalarni qachon sugʻorish va hosilni yigʻib olish maʼqul ekanini bilishlari, shuningdek, zararkunandalar va oʻsimlik kasalliklari boʻyicha prognozlar olishlari mumkin boʻladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media