Stenberg 1+1 qayd etdi va NHL debyutantlari peshqadamligini boʻlishib turibdi
San-Xose forvardi Ivar Stenberg Sietlga qarshi oʻyinda (4:3) gol urib, golli uzatma berdi. U Trevor Konnelli bilan debyutantlar orasida birinchi oʻrinni boʻlishib turibdi.

NHL muntazam chempionati uchrashuvida Stenberg ikki ochko oldi, uning jamoasi esa Sietlni 4:3 hisobida magʻlub etdi. 19 yoshli shved uchun bu mavsumdagi 16-ochkosi boʻldi: u 25 oʻyinda sakkizta gol urib, sakkizta golli uzatma berdi. Forvardning foydalilik koʻrsatkichi — «minus 11».
NHL-2026 draftida ikkinchi raqam bilan tanlangan Stenberg Vegas safidagi Konnelli bilan debyutantlar bombardirlar poygasida peshqadamlikni boʻlishib turibdi. Amerikalikda ham 25 uchrashuvda 16 ochko bor — yettita gol va toʻqqizta uzatma.
Eng yaxshi beshlikka Vashington himoyachisi Koul Xatson ham kiradi — 21 oʻyinda 15 ochko. Chikagodan Roman Kantserov va Torontodan Gevin MakKenna esa 14 ochkodan jamgʻargan. Kantserov 10 ta gol bilan debyutantlar orasida gol urish boʻyicha peshqadam, Stenberg esa sakkizta gol bilan ikkinchi oʻrinda.





