Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

Barselona Mark Markesni MotoGP chempionligi bilan tabriklab, 10-raqamli libos sovgʻa qildi

Barselona ispaniyalik motopoygachi Mark Markesni MotoGPdagi sakkizinchi chempionligi bilan tabriklab, unga ismi yozilgan 10-raqamli libos sovgʻa qildi.

23-noyabr, 15:58По-русски

Read in English

motogp.com

La Liga klubi Markesning 2026 yilgi MotoGP mavsumidagi muddatidan oldingi gʻalabasidan soʻng uning yutugʻini eʼtirof etdi. Ducati jamoasi poygachisi Portugaliya Gran-prisida chempionlikni qoʻlga kiritdi.

Barselona xabarida Markes oʻn karra chempion deb atalib, «mukammal oʻnlik» bilan tabriklandi. MotoGPdagi sakkiz chempionligidan tashqari, u 125cc va Moto2 klasslarida ham chempion boʻlgan.

Motopoygalarning asosiy seriyasida Markes italiyalik Valentino Rossini ortda qoldirdi; Portugaliya Gran-prisigacha Rossida yetti chempionlik bor edi. Endi MotoGP chempionliklari soni boʻyicha Markes italiyalik Jakomo Agostini bilan rekordni boʻlishib turibdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media