Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

Navaxo Stirling UFC yarim ogʻir vazn toifasidagi eng kuchli jangchilar top-3ligiga kirdi, Aliskerov esa top-10dan joy oldi

UFCda hali magʻlub boʻlmagan yangi zelandiyalik Navaxo Stirling sunʼiy intellekt tuzgan reytingda eng kuchli yarim ogʻir vazn jangchilari (93 kg gacha) uchligidan joy oldi.

25-noyabr, 12:08По-русски

Read in English

championat.com

UFC Fight Night 294 turnirida u ushbu toifadagi sobiq chempion, chexiyalik Irji Proxazkani nokautga uchratdi. Magʻlubiyatdan soʻng Proxazka toʻrtinchi oʻringa tushib ketdi.

Oʻsha turnirda argentinalik Kevin Vallexos hakamlarning yakdil qarori bilan UFCning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni, amerikalik Aljameyn Sterlingni magʻlub etdi. Endi Vallexos yarim engil vazn divizionining eng kuchli jangchilari uchligida, Sterling esa oltinchi oʻringa tushdi.

Rossiyalik Ikram Aliskerov ushbu turnirda amerikalik Jared Kannonyer ustidan gʻalaba qozonib, oʻrta vazn toifasidagi top-15 reytingida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media